» » 3,5 metrli semiz piton Tailanddagi kanalizatsiya lyukiga tiqilib qoldi (foto)

3,5 metrli semiz piton Tailanddagi kanalizatsiya lyukiga tiqilib qoldi (foto)


Tailandning Pxuket shahridagi kanalizatsiya lyukiga 3,5 metrli piton tiqilib qoldi, deb xabar berdi The Phuket News.

Yo‘lovchilar sudraluvchini Tailand harbiy-dengiz kuchlarining radiostansiyasi oldiga o‘rnatilgan bankomatdan bir necha metr naridagi trotuarda payqab qolishgan. Lyuk teshigidan ilonning boshi hamda 30 santimetr tanasi chiqib turgan.

Qutqaruvchilarga reptiliyani ozod etish uchun 20 daqiqa kerak bo‘ldi. Ularning taxminicha, yomg‘irlar yoqqanidan hosil bo‘lgan suv piton joylashgan “boshpana”ni to‘ldirib yuborgan. U yer yuzasiga tez chiqishga harakat qilib, tiqilib qolgan. Qutqarib olingan piton Tailanddagi qo‘riqxonalardan biriga olib borilib, qo‘yib yuborildi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют