» » Iordaniyalik fuqaro o‘zining eski Volkswagen’ini mitti mehmonxonaga aylantirdi

Iordaniyalik fuqaro o‘zining eski Volkswagen’ini mitti mehmonxonaga aylantirdi


Iordaniyalik fuqaro Muhammad Al-Malahim o‘zining Volkswagen “Qo‘ng‘iz”ini mini-mehmonxonaga aylantirdi. Shunday qilib u o‘zi tug‘ilib o‘sgan Al-Jaya qishlog‘iga odamlar e’tiborini jalb qilish niyatida. Bu haqda CNN’ga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Al-Malahimning ikki o‘rindiqli “Qo‘ng‘iz”ida bir kechani o‘tkazish 40 iordan dinori (56 dollar) turadi. Avtomobilni jihozlashda Al-Malahimning qizi unga yordam bergan: u yopinchiqlar, yostiqlar tikib bergan va ularni an’anaviy naqshlar hamda turli taqinchoqlar bilan bezatgan.

Mehmonxona egasi “Qudduslik Balduin I” sharafiga nomlangan g‘orda qabulxona tashkil etgan. Mehmonlar u yerda qahva ichishlari va an’anaviy iordan taomlaridan iste’mol qilishi mumkin. Shuningdek, uning yaqinida suvenirlar do‘koni bo‘lib, u yerda Muhammad mis va qimmatbaho toshlardan ishlangan turli zargarlik buyumlarini sotadi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют