» » Abdulaziz Komilov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Abdulaziz Komilov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Umar Ismoilov 2017-yil 16-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilish va ilgari surishdagi ko‘p yillik samarali mehnati va 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TIV rahbarini yuqori davlat nishoni bilan mukofotladi.

Abdulaziz Hafizovich Komilovning tarjimai holi

Tug‘ilgan yili: 1947-yil, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri.

Millati: O‘zbek

Ma’lumoti: Oliy

“Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik”, “O‘zbekiston belgisi” va “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Oilali, bitta farzandi bor.

Mehnat faoliyati:

1973 — 1976 yy — SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi

1978 — 1980 yy — SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranti

1980 — 1984 yy — SSSRning Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi

1984 — 1988 yy — SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq bo‘limining xodimi

1988 — 1991 yy — SSSR FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi

1991 — 1992 yy — O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi

1992 — 1994 yy — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

1994 — 1994 yy — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

1994 — 2003 yy — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

1998 — 2003 yy — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori

2003 — 2003 yy — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashqi-siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi

2003 — 2010 yy — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi

2004 — 2010 yy — O‘zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi Favqulodda va Muxtor elchisi

2008 — 2010 yy — O‘zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi

2010 — 2012 yy — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

2012-yil yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Опубликовано: admin (16-11-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют