» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi o‘zining shaxsiy veb-saytini ishga tushirdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi o‘zining shaxsiy veb-saytini ishga tushirdi


15-noyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi o‘zining shaxsiy www.mudofaa.uz veb-saytini ishga tushirdi. Sayt vazirlik faoliyatining ochiqligini ta’minlash, mamlakat Qurolli kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tezroq xabardor qilish, harbiy xizmat obro‘sini oshirib, armiya va xalq o‘rtasida yaqin aloqalarni saqlab turish imkonini beradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib “Kommersant.uz” xabar berdi.

Endilikda OAV vakillari hamda fuqarolar vazirlik rahbariyatiga murojaat qilmasdan turib ishonchli va zarur ma’lumotlarni veb-sayt orqali olishlari mumkin bo‘ladi.

Saytdan majburiy elementlardan tashqari videoroliklar va harbiy-vatanparvarlik qo‘shiqlari, shuningdek, harbiy orkestrning musiqiy asarlari o‘rin olgan. Bundan tashqari sayt foydalanuvchilari istagan vaqtlarida “Vatanparvar” va televideniye orqali efirga uzatilgan mavzuga doir ko‘rsatuvlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Alohida tugma yordamida O‘zbekiston Qurolli kuchlari Davlat muzeyining tarixiy eksponatlari bilan tanishish imkoni ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyul holatiga ko‘ra davlat organlarining ochiqligi indeksida Mudofaa vazirligi reytingdan eng past ko‘rsatkichlardan birini egallagan edi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют