» » Markaziy bank: Valyuta operatsiyalari norasmiy sektordan bank sektoriga o‘tmoqda

Markaziy bank: Valyuta operatsiyalari norasmiy sektordan bank sektoriga o‘tmoqda


Valyuta bozorining liberallashtirilishi va almashuv kursini shakllantirishda bozor mexanizmlarining joriy etilishi milliy eksportchi korxonalar xo‘jalik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mahalliy mahsulot va xizmatlar narx raqobatbardoshligi darajasini yaxshiladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 5-sentabrdan 14-noyabrgacha bo‘lgan davr mobaynidagi ichki valyuta bozori tahlilida so‘z boradi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”. Ta’kidlash joizki, bunday tahlil birinchi marotaba chop etilmoqda.

Iqtisodiyotda kuzatilayotgan o‘zgarishlar manzarasida 2017-yilning dastlabki 10 oyi davomida eksportdan valyuta tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizdan ziyodroqqa o‘sdi. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi sentabr—oktabr oylarida 754 million dollarga oshib, 1-noyabr holati bo‘yicha 26 milliard dollardan ziyodroqni tashkil etdi.

Markaziy bank yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda norasmiy sektordan bank sektoriga jadal ravishda o‘tayotganini qayd etdi.

Yuridik shaxslarga 1,767 milliard dollar sotilib, ulardan 1,442 milliard dollar xarid qilindi. Markaziy bank talabga bo‘lgan taklifning ortishi natijasida almashuv kursi o‘rtasidagi farqning keskin ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 325 million dollar hajmidagi valyutani sotib oldi. Taqqoslash uchun — birinchi yarim yillikda MB har oyda o‘rtacha 290 million dollarni valyuta zaxiralari hisobidan sotgan.

Xorijiy valyuta takliflari tuzilmasi eksportchilarning 915 million dollari (52 foiz) hamda tijoriy banklarning 852 million dollar, shu jumladan, aholidan ayirboshlash shoxobchalari orqali sotib olingan valyutani sotib olish hisobidan shakllantirildi.

Xorijiy valyuta sotib olishga talablar tuzilmasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan import uchun 1,212 milliard dollar, chet el kreditlarini qoplash uchun 91 million dollari, xalq iste’moli mahsulotlari va dori vositalari importi uchun 79 milliard dollar va chet ellik investorlar daromadlarini repatriatsiya qilish uchun 55 million dollar miqdoridagi mablag‘lar xarid qilish hisobidan shakllantirildi.

Umuman olganda, valyuta bozori liberallashtirilganidan so‘ng, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning o‘rtacha oylik hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Xo‘jalik subyektlari tomonidan sotib olingan oylik o‘rtacha xorijiy valyutalar miqdori 25 foizga (116 million dollar) o‘sib, birinchi yarim yillikdagi 461 million dollardan sentabr—noyabr oylarida 577 million dollarni tashkil etdi.

Xorijiy valyutani sotish bo‘yicha oylik o‘rtacha ko‘rsatkich 4 barobardan ziyodroqqa oshib, birinchi yarim yillikdagi 172 million dollardan 707 million dollarga yetdi.

Ikki yarim oy mobaynida tijoriy banklar tomonidan jismoniy shaxslardan 644 million dollar miqdorida naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta sotib olindi. Konversion operatsiyalar (jismoniy shaxslarga xorijiy valyua sotish) hajmi 23 million dollarni tashkil etdi. Bunda ayniqsa import bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan konversion operatsiyalar hajmi har oyda o‘sib bormoqda.

Sentabr boshidan buyon ayirboshlash kursida keskin o‘zgarish kuzatilmadi, ayirboshlash kursi 1 dollar uchun 8049—8110 so‘m (1 foizdan kamroq) atrofida tebranib turdi.

Oktabrda bank kassalari orqali naqd pul aylanmasi hajmi birinchi yarim yillikning o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlariga nisbatan 2,3 barobardan ortiqroqqa o‘sib, naqd pul tushimi va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanat me’yorini ta’minladi. Bunda bank kassalariga tushumlar hajmi 2,8 barobarga o‘sdi (birinchi yarim yillikda o‘rtacha oylik hajm 2 trillion so‘m bo‘lgan holatda oktabrda 5,7 trillion so‘mni tashkil etdi).

Опубликовано: admin (16-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют