» » O‘zbekistonda yaqin qarindoshlarning buyrak va jigar transplantatsiya operatsiyalari boshlandi. Lekin hamma ham donor bo‘la olmaydi

O‘zbekistonda yaqin qarindoshlarning buyrak va jigar transplantatsiya operatsiyalari boshlandi. Lekin hamma ham donor bo‘la olmaydi


Vazirlar Mahkamasining “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan, O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor transplantologiya bo‘yicha zamonaviy operatsiyalarni amalga oshirish boshlandi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, hozirda bunday yuqori texnologik operatsiyalar mamlakatdagi uchta muassasa:

amalga oshirilmoqda.

Hukumatning mazkur qarorida kim donor bo‘la olishi yoki bo‘la olmasligi masalasiga ham aniqlik kiritilgan. Jumladan, quyidagi tirik yaqin qarindoshlar donor bo‘lishi mumkin: qonunchilik asosida, o‘zaro qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni

Ammo, ushbu yaqin qarindoshlar

ulardan transplantatsiya maqsadida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Transplantatsiya o‘tkazishning zarurati to‘g‘risidagi uzil-kesil qaror SSV tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar bo‘lagini olish uchun undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligi olinishi kerak. “Bunda u har tomonlama tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi darkor”, — deyiladi SSV axborotida.

Transplantatsiya bajarilgandan so‘ng, donor va retsipiyent kamida uch yil davomida profilaktik dispanser ko‘rigi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, ambulatoriya nazoratida bo‘lgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan ham ta’minlanadi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют