» » Mikroto‘lqinli pechda kartoshka pishiramiz

Mikroto‘lqinli pechda kartoshka pishiramiz


Agar ovqat tayyorlash uchun vaqtingiz kam bo‘lsa, quyidagi retsept bo‘yicha kartoshkani mikroto‘lqinli pechda pishirishga urinib ko‘ring: tez, to‘yimli, xushbo‘y va juda mazali taom hosil bo‘ladi.

Kartoshkani oqib turgan suvda yaxshilab yuving va quriting. Kartoshka ustida biron-bir qora dog‘lar yoki buzilgan joylar bo‘lsa, ularni kesib tashlang.

Keyin kartoshka donasining har bir tomonini sanchqi bilan 4-5 martadan teshing. Agar siz bu kichik hiylani amalga oshirmasangiz, unda pishish vaqtida kartoshka po‘chog‘i yoriladi va taomning ko‘rinishiga putur yetadi.

Kartoshka donalariga biroz miqdorda zaytun yog‘i suring, keyin tuz va murch seping. Ularni formaga joylashtiring va mikroto‘lqinli pechga to‘liq quvvatda 3-4 daqiqaga qo‘ying.

Tayyor bo‘lish vaqti kartoshka donalarining katta-kichikligiga bog‘liq. Yirik donalar sal uzoqroq pishadi. Agar siz bir necha dona pishirmoqchi bo‘lsangiz, bir xil kattalikdagi kartoshkalarni tanlashga harakat qiling — shunda hamma kartoshka donalari bir xilda pishib chiqadi.

Sanchqi yordamida kartoshkalarni ehtiyotlik bilan ag‘daring va u tomonini ham yana 5 daqiqa davomida pishiring.

Kartoshkaning tayyor bo‘lganini pichoq yoki sanchqi yordamida tekshiring: agar u pishgan bo‘lsa, unda uning markazi oson kesiladi.

Dasturxonga tortishdan oldin kartoshkani biroz sovuting.

Tayyor bo‘lgan taomni dasturxonga shunday holda yoki dimlangan sabzavotlar bilan ham tortish mumkin.

Manba: “Layfxaker”

Опубликовано: admin (16-11-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют