» » O‘zbekiston bosh transplantologi: A’zolar transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yilishini xalqimiz uzoq yillardan beri kutayotgan edi

O‘zbekiston bosh transplantologi: A’zolar transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yilishini xalqimiz uzoq yillardan beri kutayotgan edi


O‘zbekiston hukumatining 23-oktabrdagi qarori bilan, mamlakatdagi uchta tibbiyot muassasasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari amalga oshirila boshlandi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, avvallari ayrim bemorlar bunday jarrohlik amaliyotlarini zarurat tufayli chet davlatlarga borib, 15 mingdan 250 ming dollargacha bo‘lgan narxlarda o‘tkazishga majbur bo‘layotgan edi.

Hozirda esa hukumat qarori ijrosi doirasida davolash muassasalarini tegishli tartibda jihozlash, kadrlar tayyorlash borasida jadal ish olib borilmoqda. Shuningdek, sohaning jahondagi nufuzli mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Xalqimiz va tibbiyot xodimlari uzoq yillardan buyon kutgan yangilik bo‘ldi. Mamlakatimizda a’zolar transplantatsiyasi kabi o‘ta noyob va murakkab jarrohlik amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bunday yuqori texnologik operatsiyalar AQSH, Germaniya, Norvegiya, Shveysariya va Hindiston kabi tibbiyoti rivojlangan davlatlardagina bajariladi, xolos. Bugun O‘zbekiston tibbiyoti ana shu davlatlar qatoridan joy oldi.

Ilgari bemorlar chet davlatlarga borib, katta mablag‘ sarflab, ana shu jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘layotgan edi. Lekin shunga ehtiyoji bor bemorlarning barchasi ham bunday imkoniyatga ega emas. Masalaning yana bir tomoni — xorijda a’zo ko‘chirish operatsiyasini o‘tkazib kelgan bemorlarda og‘ir asoratli holatlar ham kuzatilib turgan edi. Chunki bunday bemorlar doimiy ravishda shifokor nazoratida bo‘lishi lozim, tibbiy ko‘riklardan o‘tib turishi, turmush tarzida o‘ziga xosliklarga amal qilishi talab etiladi.

Mana shunday muammolarning oldini olish maqsadida yurtimizda transplantologiya xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Ulug‘bek Yo‘ldoshev, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh transplantologi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha, hozircha ushbu noyob tibbiy xizmatni joriy etish bo‘yicha asosiy qadamlar tashlandi. “Kelajakda uning ko‘lami, imkoniyatlari yanada kengayadi. Buning uchun O‘zbekistonda ilmiy, texnik va huquqiy jihatdan barcha sharoitlar yaratilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют