» » Samarqandda avvallari faqat Toshkent yo xorijda bajarilgan 4 turdagi noyob operatsiyalarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi

Samarqandda avvallari faqat Toshkent yo xorijda bajarilgan 4 turdagi noyob operatsiyalarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi


Respublika tibbiyot muassasalaridagi yetakchi mutaxassislarning viloyatlarda ishlash tashabbusi hududlarda “eng noyob va yuqori texnologik operatsiyalar”ni o‘tkazish imkoniyatini paydo qilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, birgina Samarqand viloyatida Toshkentdan borgan turli ixtisoslikdagi 8 nafar malakali mutaxassis ish boshladi. Natijada Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida bir qator turdagi jarrohlik amaliyotlari ilk bor amalga oshirildi.

Filialda faoliyat boshlaganimdan buyon o‘tgan qisqa vaqt ichida ilgari faqat Toshkentda yoki xorijda qilingan to‘rt turdagi eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini filialning o‘zida yosh mutaxassislar bilan birga bajardik. Misol uchun, qizilo‘ngach, oshqozon, me’da osti bezi, yo‘g‘on ichak, jigar saratoni xastaliklarini samarali davolash imkoniyati oshmoqda.

Qizilo‘ngach saratonida a’zoning 80 foizini olib, uning o‘rniga oshqozondan trubka yasab, ko‘krak bo‘shlig‘iga ulash, jigar saratonida jigarning 60—65 foizini rezeksiya qilish, sun’iy oshqozon yaratish kabi noyob operatsiyalar Samarqand tibbiyoti tarixida ilk bor bajarildi.

Hozirga qadar 22 ta shunday operatsiya o‘tkazgan bo‘lsak, ularning barchasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi har qanday murakkab jarrohlik ishlarini filialning o‘zida bajarish imkoniyati borligi samarqandliklarni quvontirmoqda.

Mirjalol Jo‘rayev, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktori

Опубликовано: admin (16-11-2017, 18:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют