» » Rossiyalik ayol onasining jasadini xonadonida saqlab, uning nafaqasini olishda davom etdi

Rossiyalik ayol onasining jasadini xonadonida saqlab, uning nafaqasini olishda davom etdi


Rossiyaning Magadan viloyati Talaya shaharchasida yashovchi ayol xonadonida bir yarim yil mobaynida onasining jasadini saqlab, uning nafaqasini ishonchnoma asosida olib kelganligi aniqlandi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining Magadan viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasi xabar bermoqda.

Ayolga nisbatan katta hajmdagi firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u mahalliy pensiya jamg‘armasidan 467 ming rubldan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirgan.

Keksa ayolning jasadi oktabr oyida xonadonda o‘tkazilgan ta’mirlash ishlari davomida topilgan.

Nafaqaxo‘r ayol 2016-yilning mart oyida vafot etgan. Uning qizi bu haqda hech kimga ma’lum qilmagan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют