» » Shavkat Mirziyoyevning tanqididan so‘ng qaynonasini o‘ldirgan farg‘onalik kelin haqida rasmiy xabar berildi

Shavkat Mirziyoyevning tanqididan so‘ng qaynonasini o‘ldirgan farg‘onalik kelin haqida rasmiy xabar berildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida er-xotin va qaynona-kelin o‘rtasida hatto qotillik jinoyatlari uchrayotgani qayd etib o‘tilgani haqida avval xabar berilgan edi.

Jumladan, Prezident Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Yordon qishlog‘ida yuz bergan hodisa — qaynona kelini tomonidan o‘ldirilganiga e’tibor qaratib, bu haqda OAVda “birorta maqola o‘qimagani, birorta chiqishni ko‘rmagani”ni tanqidiy holat sifatida qayd etib o‘tgan edi.

16-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ushbu holat yuzasidan “Yordonlik kelin nega o‘z qaynonasining qotiliga aylandi?” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda Yordonda yuz bergan hodisa ortiqcha tafsilotlarsiz, qisqacha bayon qilingan.

“Farg‘ona tumani Yordon qishlog‘ida kelini tomonidan urib o‘ldirilgan qaynona fojiasi ham barchamizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga undaydi. Zero, qaynonani o‘z onasidek biladigan xalqimiz uchun bu illat mutlaqo yot-ku?!”, — deb savol qo‘yadi maqola muallifi.

Maqola davomida Yordon qishlog‘i mas’ullaridan birining fikri keltirilgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur qotillikka qadar “bu oilada biror marta janjal chiqmagan”.

Mahallamizda ro‘y bergan bu jinoyatdan hali ham o‘zimizga kela olmayapmiz. Bu oila o‘ziga to‘q, biror marta janjal chiqmagan. Ikki farzandning onasi bo‘lgan ayolning mudhish jinoyatga qo‘l urgani barchamizni hayratga soldi.

Lekin, kechagi yig‘ilishda Prezidentimiz ta’kidlaganidek, buning asl ildizi bizning loqaydligimiz, beparvoligimiz oqibati emasmi? Demak, bu jinoyatda biz, jamoat tashkilotlari, mutasaddi idoralar vakillari, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘, hamma-hammamizning qaysidir darajada aybimiz bor.

Qunduzxon Ahmadaliyeva, “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Voqea qachon, qay tarzda yuz bergani, kelinga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida O‘zA maqolasida ma’lumot berilmagan.

Qayd etish joiz, videoselektor yig‘ilishida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilning dastlabki 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar o‘rtasida maishiy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют