» » Sirdaryoda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan shaxslarga 4 million so‘mdan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanildi

Sirdaryoda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan shaxslarga 4 million so‘mdan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanildi


Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, yong‘in xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Tuman ichki ishlar bo‘limi yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi tomonidan hokimlik, favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda mahallalar, ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalarda o‘tkazilayotgan yong‘in profilaktikasi tadbirlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha uy egalari hamda mas’ul shaxslarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Yong‘in profilaktikasi kunlari doirasida joriy yilning 10 oyida 255 korxona, tashkilot va muassasaning yong‘in-texnik holati o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tuman IIB yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi xodimlari tomonidan aniq muddatlari ko‘rsatilgan yozma ko‘rsatmalar korxona va tashkilotlar rahbarlariga taqdim etildi. Kamchilik va nuqsonlarni tezkor bartaraf etish borasida tuman hokimligi va yuqori tashkilotlarga axborot xatlari kiritildi.

Shuningdek, aholi xonadonlarining yong‘in xavfsizligi holatini tekshirish jarayonida 25 mingdan ziyod fuqaro bilan yong‘in xavfsizligi qoida talablariga rioya etish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, yo‘riqnomalar berildi.

Olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Masalan, yong‘inlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan to‘qqiztaga kamaydi.

Tekshiruv va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan yoki davlat yong‘in nazorati organlarining yozma ko‘rsatmalarini bajarmagan 80 nafar rahbar, mansabdor shaxs va fuqaroga 4 million so‘mdan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanildi. 34 ta bino va inshoot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 234 nosoz elektr uskunasidan foydalanish taqiqlandi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют