» » Parijda Makron siyosatiga qarshi namoyishga chiqqanlar banklarga hujum qila boshladi

Parijda Makron siyosatiga qarshi namoyishga chiqqanlar banklarga hujum qila boshladi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron siyosatiga qarshi Parij ko‘chalariga chiqqan namoyishchilar yo‘llarida uchragan banklarni yakson qila boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Yurish Respublika maydonidan boshlangan edi. Tinch ruhda boshlangan namoyish keyinchalik oldinda ketayotgan anarxistlar tashabbusi bilan banklar va moliyaviy muassasalarga qarshi zo‘ravonlik o‘zaniga kirdi. Namoyishchilar tayoqlar, asfalt bo‘laklari va shishalar bilan qurollanib oldi.

Ko‘plab bank vitrinalarining oynalari sindirildi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya maxsus otryadiga qarata tosh va shishalar otildi. Agentlik muxbirining so‘zlariga qaraganda, huquq-tartibot idoralari xodimlari hozircha provokatsiyalarga javob bermayapti, ammo qurollarini tayyor holda ushlab turibdi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют