» » Afina chetida toshqin oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Afina chetida toshqin oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi


Gretsiya poytaxti Afina chetida toshqin oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jabrlandi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Kecha, 15-noyabr kuni mamlakat bo‘ylab toshqinlarda 13 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi. Yomg‘ir oqibatida Mandra, Magula, Nea-Peramos, Elefsina va Aspropirgos shaharlari suv ostida qoldi.

Yog‘ingarchilik Gretsiyada hafta boshidan buyon davom etmoqda va, prognozlarga ko‘ra, yakshanbagacha davom etishi mumkin.

Eng katta zarar ko‘rgan hudud G‘arbiy Attikadagi Mandra shahri bo‘ldi. Shahar meri Yanna Krikukiga ko‘ra, shaharliklar o‘z uylarida “tuzoq”qa tushib qolgan va ofatdan qochish imkoniyatiga ega emas.

Qutqaruvchilar bedarak ketgan ikki kishini, Paleoxori tumanida yashovchi keksa insonni va toshqin oldidan o‘rmonga ketgan bir ovchini qutqarib qolgan. Ayni paytda besh kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют