» » Yoshlar ittifoqi faollari oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadi

Yoshlar ittifoqi faollari oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadi


Vazirlar Mahkamasining 14-noyabrda imzolangan “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar taqdim etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat bilan:

Hujjatga ko‘ra, Yoshlar ittifoqining 14 nafar eng munosib a’zosi (Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkentdan bir nafardan nomzod) pedagogik ta’lim yo‘nalishidagi OTMlarga doimiy yashash manzili bo‘yicha test va ijodiy imtihonlarsiz budjetga qabul qilinadi.

Imtiyozli qabul qilinishi tavsiya etilgan nomzodlar ro‘yxatini tegishli komissiya tanlov asosida aniqlaydi va tasdiqlaydi.

Tavsiya etiladigan nomzodlar ushbu kategoriyalardan biriga mansub bo‘lishi lozim:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tegishli tuman yoki shahar komissiyasiga 1–25-mart kunlari murojaat etishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

Dastlabki saralash natijalariga ko‘ra uch nafar eng munosib nomzod tanlovning keyingi bosqichlariga tavsiya etiladi.

Ushbu imtiyoz asosida mamlakatda ishlab turgan chet el ta’lim dargohlariga kirib bo‘lmaydi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют