» » Yangi zelandiyaliklar shokolad fabrikasini saqlab qolish uchun bir sutkada 2 mln dollar to‘pladi

Yangi zelandiyaliklar shokolad fabrikasini saqlab qolish uchun bir sutkada 2 mln dollar to‘pladi


Yangi Zelandiya aholisi Danidin shahridagi 80 yildan beri shokolad ishlab chiqaruvchi fabrikani saqlab qolish uchun ikki million Yangi Zelandiya dollari xayriya qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Fabrikaga egalik qiluvchi Mondelez International kompaniyasi 2018-yilda Danidindagi Cadbury zavodini yopib, shokolad ishlab chiqarishni Avstraliyadagi yirikroq zavodda davom ettirishini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng “Fabrikani saqlab qol” mahalliy guruhi ikki million Yangi Zelandiya dollari evaziga uni xarid qilishga urindi, biroq kelishuv amalga oshmadi.

So‘ngra faollar mahalliy shokolad ishlab chiqaruvchi Ocho fabrikasi bilan ularning biznesini kengaytirish va yangi ishchilarni, xususan Cadbury xodimlarini ishga qabul qilish imkonini yaratish uchun birlashdi. Ular shu tarzda shokolad tayyorlash an’anasini saqlab qolishga qaror qildi.

Kampaniya tashabbuskori Jim O Mallining ta’kidlashicha, xayriya nafaqat Yangi Zelandiyadan, balki boshqa mamlakatlardan ham amalga oshirilgan. Ikki kundan kamroq muddatda 3,5 ming kishi xayriya qilgan.

100 dollar xayriya qilgan har bir kishiga kompaniya tomonidan aksiya, shuningdek fabrika tomonidan ishlab chiqarilayotgan shokoladlarga 20 foizli umrbod chegirma va’da qilingan. Fuqarolar o‘rtacha 700 Yangi Zelandiya dollari miqdorida xayriya qilgan.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 06:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют