» » JCh—2018 saralashida O‘zbekistondan yaxshiroq natija qayd etgan Suriya bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

JCh—2018 saralashida O‘zbekistondan yaxshiroq natija qayd etgan Suriya bosh murabbiyini iste’foga chiqardi


Futbol bo‘yicha Suriya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ayman Hakim iste’foga chiqdi.

Hakim Suriya termasini 2016-yilning 9-may kuni qabul qilib olgandi. O‘tgan davr davomida suriyaliklar 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 6 tasida zafar quchishga erishdi va 11 bor durang qayd etdi. Yana 4 ta o‘yinda omad raqiblar tomonida bo‘ldi.

Jumladan, Ayman Hakim boshqaruvida Suriya Eron, Janubiy Koreya kabi grandlardan ochko tortib oldi, Samvel Babayan ustozlik qilgan O‘zbekiston termasini mag‘lub etib, saralashni o‘zbekistonliklardan oldinroqda yakunladi va JCh—2018 pley-offiga o‘ynaydigan bo‘ldi.

Pley-offda Suriya Avstraliya bilan ikki marta 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Faqatgina qo‘shimcha daqiqalarda Suriya yana 1 ta gol o‘tkazib yubordi. U ham bo‘lsa, o‘zbekistonlik hakam Suriya futbolchisini maydondan chetlatganidan keyin sodir bo‘ldi.

Mamlakat Futbol Federatsiyasi bosh murabbiy Ayman Hakimning o‘rniga yangi yo‘lboshchi izlash ishlarini boshlagan. Katta ehtimol bilan Suriya termasini xorijlik mutaxassis qabul qilib oladi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют