» » O‘zbekistonda 2018-yildan boshlab suv ta’minoti xizmati 100 foizlik oldindan haq to‘lash evaziga ko‘rsatiladi

O‘zbekistonda 2018-yildan boshlab suv ta’minoti xizmati 100 foizlik oldindan haq to‘lash evaziga ko‘rsatiladi


2018-yil 1-yanvardan boshlab suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun 100 foizlik oldindan haq to‘lash tartibi joriy etildi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 16-noyabrdagi “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Bunda suv ta’minoti va suv chiqarish tarmog‘idan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulash iste’molchilar guruhlaridan kelib chiqib ulardan eng kam oylik ish haqining 2 va 10 baravari miqdorida to‘lov undirish orqali amalga oshiriladi.

Farmonda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida mas’ul vazirlik va idoralarga qator tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish haqida topshiriqlar berilgan.

Eng muhim tadbirlardan biri sifatida ushbu farmon qabul qilingandan keyin bir oy muddatda suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlashda yo‘qotishlarni aniqlash tartibi tasdiqlanishini ko‘rsatish mumkin.

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvarga qadar suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlashni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish hamda joriy etishni, shu jumladan suv taqsimlash tarmoqlarida hisobga olish uskunalarini o‘rnatishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Shu bilan bir qatorda, 2018-yil 1-aprelga qadar suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlarining barcha guruh iste’molchilarini inventarizatsiya qilish, shuningdek, iste’molchilar haqida yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarga tuzatishlar kiritish bilan bir vaqtda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

2019-yil 1-yanvarga qadar esa vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi obyektlari va inshootlari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirgan holda inventarizatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, Prezident tomonidan mas’ul vazirlik va idoralar oldiga vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatini tanqidiy o‘rganish hamda natijasi bo‘yicha suv ta’minoti va suv chiqarishni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritish vazifalari qo‘yildi.

Farmonda yosh avlodda suvga nisbatan tejamkorona munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga tegishli topshiriqlar berildi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют