» » O‘zbekiston suv ta’minoti obyektlarining aksariyati eskirgan. Quvurlarning 35 foizdan ortig‘i ta’mirga muhtoj

O‘zbekiston suv ta’minoti obyektlarining aksariyati eskirgan. Quvurlarning 35 foizdan ortig‘i ta’mirga muhtoj


O‘zbekiston vodoprovod-kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv ta’minoti va suv chiqarish obyektlarining aksariyat qismi eskirgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16-yanvardagi farmoni sharhida qayd etilishicha, ularni yangilash va modernizatsiya qilish sur’atining pastligi ham jiddiy muammolardan hisoblanadi.

Xususan, O‘zbekistonning mavjud vodoprovod-kanalizatsiya tarmoqlari va suv ta’minoti obyektlaridan 40 yildan ko‘p muddat davomida foydalanilmoqda, suv quvurlari va suv ta’minoti tarmoqlarining 35 foizidan ortig‘i esa kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirga muhtoj.

“Suv ta’minoti va suv chiqarish obyektlarining achinarli ahvoli, ayniqsa, joylarda suvni iste’molchilarga yetkazib berish va sotishda ko‘plab falokat va boshqa salbiy holatlarni, uzilishlarni keltirib chiqarayotgan, deyarli 40 foizga yetayotgan jiddiy yo‘qotishlarga olib kelmoqda”, — deyiladi farmonning O‘zA tomonidan e’lon qilingan sharhida.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют