» » Pentagon adashib, Twitter’da Trampni iste’foga chiqishga da’vat qilgan foydalanuvchi postini retvit qildi

Pentagon adashib, Twitter’da Trampni iste’foga chiqishga da’vat qilgan foydalanuvchi postini retvit qildi


AQSh mudofaa vazirligi 16-noyabr kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida prezident Donald Trampning iste’fosiga da’vatni retvit qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Keyinroq Pentagon bu xatolik tufayli yuz berganini ma’lum qildi.

AQSh mudofaa muassasasi Twitter’ida Trampni, shuningdek, demokrat senator El Frankenni va senatorlikka Alabamadan nomzod Roy Murni iste’foga chiqishga chaqirgan foydalanuvchining postini retvit qildi.

“Yechim oddiy. Roy Mur: saylovoldi poygasidan ket. El Franken: Kongressdan ishdan bo‘sha. Donald Tramp: prezident lavozimidan ket. GOP (Respublikachilar partiyasi) — jinsiy hujumlarni partiya masalasiga aylantirishni bas qiling. Bu, xuddi sizning ikkiyuzlamachiligingiz kabi — jinoyatdir”, — deyiladi Pentagon retvit qilgan xabarda.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют