» » Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda

Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda


Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada gumon qilinib hibsga olingan qirollik oilasi a’zolari va biznesmenlar bilan muzokaralar olib borib, ularga ozodlik evaziga o‘z mulkining bir qismini davlatga ko‘chirib o‘tkazishni taklif qilmoqda, deb yozadi “Kommersant” Financial Times’ga tayanib.

Shu tariqa, hukumat “yuz milliardlab dollarni tugab bitgan davlat xazinasiga yo‘naltirish”ga umid qilmoqda, deb yozadi nashr.

FT manbalari aytib berishicha, ko‘pchiligi Ritz-Carlton mehmonxonasiga joylashtirilgan gumonlanuvchilarning ba’zilari hukumat bilan kelishishga tayyor.

Qo‘lga olingan milliarderlardan biriga o‘z mol-mulkining 70 foizini davlatga o‘tkazish taklif qilingan edi va biznesmenning maslahatchisi so‘zlariga ko‘ra, u rozi bo‘lishga moyillik bildirmoqda. Hibsga olinganlarning barchasiga o‘z aktivlarini davlatga topshirish taklif etilmoqda. Shuningdek, kelishuv valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al Saudga sodiqlikka ont ichishni ham o‘z ichiga olishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmon boshchiligida 4-noyabrda tuzilgan korrupsiya bilan kurash qo‘mitasi boshqaruvchi oilaning 11 nafar shahzodasi va qirollikning amaldagi hukumatidagi to‘rt nafar vazirni hibsga olishga farmoyish bergan edi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют