» » O‘zbekiston ichki ishlar vaziri: To‘rt yoshli qizchasini ayovsiz kaltaklagan bu odam shunday qusurlari uchun ishdan haydalgan

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri: To‘rt yoshli qizchasini ayovsiz kaltaklagan bu odam shunday qusurlari uchun ishdan haydalgan


O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning ma’lum qilishicha, 4 yashar qizini kaltaklagan sobiq militsioner H.Abdurahmonov “o‘z qusurlari uchun” ishdan chetlatilgan. Vazirning intervyusi O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

“Yaqinda to‘rt yoshli qizchasini ayovsiz kaltaklab, tahqirlagan odam haqida hamma eshitdi. Bunday tubanlikni amalga oshirgan shaxs shunday qusurlari uchun sohadan chetlatilgan sobiq ichki ishlar xodimi bo‘lib chiqdi”, — dedi vazir.

“Xalqning tinch va xotirjam hayoti uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlaridan kasbga sadoqat, fidoyilik talab etilmoqda. Bunday yuksak insoniy fazilatlar, albatta, har jihatdan yetuk, ma’nan barkamol xodimlardagina bo‘lishi sir emas”, — deya qayd etdi Po‘lat Bobojonov.

Vazirning tan olishicha, ko‘rilayotgan izchil chora-tadbirlarga qaramay, “ayrim ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomala qilishi, vaqtida yordamga yetib kelmasligi, ta’magirligi, jinoyatlarni xaspo‘shlashi holatlari uchrab turibdi”.

Avvalroq, H.Abdurahmonov otalik huquqidan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi. U 4 yashar qizini kaltaklayotgani aks etgan video “O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” tok-shousida namoyish etilganidan so‘ng, hodisa keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lib, shov-shuvga aylangan edi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют