» » O‘zmilliybankka xorijiy mamlakatlarda vakolatxona, filial va sho‘ba banklar tashkil etish huquqi berildi

O‘zmilliybankka xorijiy mamlakatlarda vakolatxona, filial va sho‘ba banklar tashkil etish huquqi berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 13-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zmilliybank matbuot xizmati.

Hujjatda O‘zmilliybankning tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda chakana bank xizmatlari ko‘rsatish sohalaridagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

Shuningdek, O‘zmilliybank O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yagona ta’sischisi bo‘lgani holda davlat banki hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Bankni unitar korxonadan aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirish to‘g‘risida avval qabul qilingan qaror bekor qilindi.

Bundan tashqari, O‘zmilliybankka mamlakatning iqtisodiy hamkori bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar, filiallar, sho‘ba banklar tashkil etish va depozitlar sifatida davlat budjeti mablag‘larini jalb etish huquqi berildi.

Ikki oy ichida bank ustavining yangi tahriri va bank kengashining yangilangan shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют