» » Mariy Elda YTH oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan motam e’lon qilindi

Mariy Elda YTH oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan motam e’lon qilindi


Rossiyaning Mariy El respublikasida yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan 17-noyabr, juma motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

16-noyabr, payshanba kuni kechga yaqin “Yoshkar-Ola — Kozmodemyansk” avtoyo‘lining 64-kilometrida Mercedes Sprinter mikroavtobusi va tirkamali yog‘och-taxta tashuvchi maxsus mashina to‘qnashdi.

Xususiy tadbirkorga tegishli mikroavtobus Yoshkar-Oladan tuman markazi — Yurinoga yo‘l olgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mikroavtobus noqulay ob-havo sharoitida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, maxsus mashina bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida 4 kishi, jumladan, 3 nafar bola jarohatlangani bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют