» » AQSh maxsus prokurori Tramp shtabining 12 sobiq a’zosidan Rossiya bo‘yicha hujjatlarni talab qildi

AQSh maxsus prokurori Tramp shtabining 12 sobiq a’zosidan Rossiya bo‘yicha hujjatlarni talab qildi


AQSh maxsus prokurori Robert Myuller Donald Tramp saylovoldi shtabi 12 nafar sobiq vakilidan Rossiyaga aloqador barcha hujjatlar va elektron yozishmalarni taqdim etishni talab qildi. Tegishli talabnoma oktabr oyi o‘rtalarida yuborildi, deb xabar beradi The Wall Street Journal gazetasiga tayanib “TASS”.

Nashr manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, bu talabnoma maxsus prokuror va uning jamoasi ish faoliyatidagi birinchisidir. U respublikachi shtabi sobiq xodimlariga Myuller va unga bo‘ysinuvchilarga ko‘rsatma berish majburiyatini yuklamaydi. Biroq ushbu qadam AQSh prezidenti atrofidagilar uchun kutilmagan holat bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.

Ushbu vaqtga qadar respublikachi saylov shtabi sobiq xodimlari, shuningdek, prezident ma’muriyati a’zolari Myuller va AQSh Kongressi har ikkala palatasi qo‘mitalari bilan ixtiyoriy asosda hamkorlik qilar edi.

Myuller keng doiradagi masalalar, birinchi navbatda Moskvaning go‘yoki AQShning o‘tgan yilgi saylovoldi kampaniyasiga aralashishga urinishi yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют