» » Qodirov chechen xalqi haqidagi haqiqatni fosh qilishni buyurdi

Qodirov chechen xalqi haqidagi haqiqatni fosh qilishni buyurdi


Checheniston rahbari va hukumati ma’muriyati Ramzan Qodirovning topshirig‘i bilan joriy yilda respublika va hududiy hukumat organlari ishini tahlil qiladi, deya xabar bermoqda “Vestikavkaza.ru”.

Tekshiruvdan maqsad — amalga oshirilgan ishlarning hajmi va samaradorligini baholash, kamchiliklarni aniqlash orqali respublikani yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tayyorlash.

Checheniston rahbari, shuningdek, tashkiliy qo‘mita tashkil qilib, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning tavallud kuniga tayyorgarlikni boshlashni buyurdi.

Bundan tashqari, Qodirov hudud rahbari va hukumati ma’muriyati rahbariga chechen xalqi haqidagi chin tarixiy faktlarni ommalashtirish bilan shug‘ullanishni topshirdi.

“Bizni banditlar, sotqinlar, terrorchilarga chiqarishga urinishdi. Aslida bizning tariximiz faxrlanishga arziydi. Ajdodlarimiz Turkiya, Iordaniya va o‘zlari yashagan boshqa qator mamlakatlarda ishonch va halollik bilan xizmat qilgan. Va biz ularning xotirasini abadiylashtirishimiz kerak”, — dedi Qodirov.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют