» » Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan 55-sonli maktabga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan 55-sonli maktabga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan yangi maktabni borib ko‘rdi. Zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan 630 o‘rinli 55-sonli maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan, deb xabar berdi O‘zA.

Sergelida barpo etilgan mazkur maktabda o‘quvchilarning uylariga o‘z vaqtida borib kelish, sifatli ta’lim olishi kabi holatlar bilan bog‘liq barcha jihatlar e’tiborga olingan. Ota-onalarning ta’kidlashicha, uylarning oynavand qismlari maktab tarafga qaratilgan bo‘lib, bu bolalarning maktabga qatnashi, tanaffus paytida ham ularga ko‘z quloq bo‘lib turish uchun qulaydir. Bundan tashqari, bolalar qorli-qirovli kunlarda ham maktabga transport vositalariga chiqmasdan borib kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev maktab bilan tanishar ekan, ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishda bu kabi loyihalar muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti shu yerda Sergeli tumani faollari, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik vakillari, yangi uy sohiblari bilan uchrashdi. Uchrashuvda jamiyatdagi tinchlik-osoyishtalik, aholiga yaratilayotgan sharoitlar, yangi ish o‘rinlari yaratish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют