» » AQShda noqonuniy muhojir nyu-yorklik millionerning xotinini o‘ldirgan

AQShda noqonuniy muhojir nyu-yorklik millionerning xotinini o‘ldirgan


AQShda 32 yoshli noqonuniy muhojir Esdras Marrokuin Gomes McDonald’s franshizasi egasi, millioner Yujin Kollining 83 yoshli rafiqasi Lois Kollini o‘ldirganligiga iqror bo‘ldi, deb yozadi Forum Daily.

Qotillik 2015-yilda yuz bergan. Ayolning jasadini uning Shimoliy Salemdagi dang‘illama hovlisi garajidan topishgan. U boshiga yetkazilgan shikast natijasida vafot etgan. Unga o‘to‘chirgich bilan zarba berishgan.

Xabarlarga ko‘ra, jinoyatni sodir etganidan so‘ng bir necha kun o‘tib, Gomes vatani Gvatemalaga qochib ketgan. Gomes deportatsiya tufayli hukumat qo‘liga tushgan. Erkak Meksikada noqonuniy tarzda ishlagan, va uni deportatsiya qilishgan. O‘tgan dam olish kunlari Meksikadan Gvatemalaga uchayotgan reys Mayamida to‘xtagan, bu FQB xodimlariga Gomesni hibsga olish imkonini bergan.

Gomes garov puli berib ozodlikka chiqish huquqisiz qo‘lga olindi, u 7-dekabrda sud qilinadi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют