» » Yer yaqinidan hayot uchun yaroqli sayyora topildi

Yer yaqinidan hayot uchun yaroqli sayyora topildi


Yevropa janubiy observatoriyasi astronomlari Ross 128 qizil mitti yulduzining kichik serqoya ekzosayyorasi borligini aniqladi. Ross 128b deb nomlangan obyekt o‘z quyoshidan qulay masofada joylashgan va u o‘z yuzasida Yerni eslatuvchi sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda EurekAlert! saytiga joylangan xabarda aytiladi.

Yerdan atigi 11 yorug‘lik yili masofasida joylashgan Ross 128b faolligi pastroq bo‘lgan yulduz hisoblanadi. Bu uni TRAPPIST yoki Proxima tizimlaridagi obyektlaridan ko‘ra, tirik sayyoralar yashashi uchun qulayroq obyektga aylantiradi.

Ekzosayyora Chilidagi La-Silya observatoriyasida 3,6 metrli teleskop yordamida aniqlandi. U High Accuracy Radial velocity Planet Searcher spektrografi yordamida yulduzning radial tezligini yuqori aniqlikda o‘lchashga qodir, unga qarab esa ularda sayyoralar tizimlari bor-yo‘qligini aniqlash mumkin.

Olimlar Ross 128b yuzasidagi harorat -60 va +20 daraja atrofida ekanligini taxmin qilmoqda. Ammo sayyora orbitasi odam yashashi mumkin bo‘lgan zonadaligi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют