» » Mirzacho‘lda yangi korxona ish boshladi

Mirzacho‘lda yangi korxona ish boshladi


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mirzacho‘l mega sevinch” davlat unitar korxonasi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tuman markazidagi “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘sh turgan binoda ish boshlagan yangi korxona bolalar va kattalar kiyimi, choyshab va ko‘rpa-yostiq jildlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Tuman investitsiya dasturiga muvofiq yangi loyihani amalga oshirishga 375 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yerda 40 ta zamonaviy tikuv mashinasi o‘rnatildi.

Mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy xomashyo – viloyat yengil sanoat korxonalarining trikotaj va ip-gazlama matolaridan foydalanilmoqda. Mahsulotni ichki bozorga chiqarish va hududdagi ijtimoiy muassasalarga sotish mo‘ljallanmoqda.

2017-yil tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, hozirgacha 68 loyiha amalga oshirilib, 206 yangi ish o‘rni yaratildi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют