» » YuNESKO: Dunyo bo‘yicha 264 million nafar bola maktabda o‘qimaydi

YuNESKO: Dunyo bo‘yicha 264 million nafar bola maktabda o‘qimaydi


YuNЕSKOning “Ta’limdagi hisobdorlik: majburiyatlar bajarilishi” deb nomlangan hisobotida 128 ta davlatning 2010 — 2015-yillarga oid statistik ma’lumotlari tahlil etilgan, deb xabar beradi tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 264 million nafar bola maktabga qatnamayapti, 100 milliondan ortiq yosh avlod vakillari esa o‘qishni bilmaydi. Jahon mamlakatlarining bor-yo‘g‘i 20 foizida 12 yillik bepul va majburiy ta’lim huquqiy jihatdan kafolatlangan.

Ta’kidlanishicha, ta’lim sohasidagi natijalar har bir davlat o‘z majburiyatlarini qanday bajarishi bilan bog‘liq. Sifatli ta’limga erishish birgalikdagi vazifa hisoblanadi. Ma’ruza ta’limning to‘laqonli, adolatli hamda sifatli bo‘lishi yo‘lida hukumat, maktab, o‘qituvchi, ota-onalar, xalqaro tashkilotlar va xususiy tuzilmalarning hisobdorligini ta’minlash mexanizmlarini qamrab olgan.

Hisobotda keltirilishicha, 2010 — 2015-yillarda dunyodagi bolalarning 83 foizi boshlang‘ich, 69 foizi o‘rta, 45 foizi esa katta sinfni tamomlagan. Ma’ruzada o‘g‘il-qizlar jahon mamlakatlarining 66 foizida boshlang‘ich, 45 foizida o‘rta, 25 foizida katta sinflarda ta’lim olish borasida teng imkoniyatlarga ega ekanligi ifodalangan.

Bolalarning maktabga qatnashida ota-onalarning mas’uliyati beqiyos. Dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida maktabga bormaslik holatlariga qarshi choralar ko‘rilgan. Misol uchun, bu bo‘yicha eng katta jarimalar Yaponiyada (787 dollar), Bolgariyada (556 dollar), Serbiyada (441 dollar) belgilangan. Belgiya, Fransiya hamda Singapurda esa qamoq jazosi ham ko‘zda tutilgan.

Jahon mamlakatlari ta’lim tizimida qulay shart-sharoitlar yaratishga ham hisobotda keng urg‘u berilgan. Xususan, aksariyat rivojlanmagan davlatlarda boshlang‘ich maktablar elektrlashtirilmagan. Hisobotda belgilangan 148 ta mamlakatdan 72 tasida boshlang‘ich maktablarning 75 foizga yaqini ichimlik suvi ta’minotiga ega, xolos. O‘rganilgan 137 ta mamlakatdan 24 tasidagi maktablarning qariyb 50 foizida eng oddiy sanitariya sharoitlari ham yaratilmagan.

YUNЕSKOning ta’limni monitoring qilish bo‘yicha ma’ruzasida hukumatlar maktab va o‘qituvchilar hisobdorligi tizimini ishlab chiqishi, ta’lim muassasalari faoliyatini baholashda keskin choralar qo‘llamasligi zarurligi ta’kidlangan. Chunki bolaning ta’lim olishiga maktab, oila, hukumat hamda jamiyat birdek mas’ul bo‘lishi lozim.

Dunyo mamlakatlaridagi maorif ishlarini O‘zbekiston ta’lim tizimi bilan taqqoslash Respublika insonning universal huquqlaridan biri — ta’lim olish huquqini ta’minlash borasida ulkan natijalarga erishganini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekistonda 9,6 mingdan ortiq umumta’lim maktablari faoliyat yuritadi, 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktab ta’limi bilan to‘liq qamrab olingan. Maktabning 9-sinfini tamomlagan har bir bitiruvchi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, joriy yildan boshlab esa 10-sinflarda ta’limni davom ettiradi.

O‘zbekistonda besh mingga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘lib, bir yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 18 foizi bog‘chalarga qamrab olingan. Hozirgi kunda nodavlat bolalar bog‘chalari tashkil etilyapti, maktabgacha ta’lim sifatini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil qilingani ham ta’limning ushbu yo‘nalishi davlat siyosati darajasida ekanligining yaqqol tasdig‘idir.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют