» » Venesuela sobiq bosh prokurori Gaaga sudidan mamlakat prezidentini qo‘lga olishni talab qildi

Venesuela sobiq bosh prokurori Gaaga sudidan mamlakat prezidentini qo‘lga olishni talab qildi


Venesuelaning sobiq bosh prokurori Luiza Ortega Dias Gaagadagi xalqaro jinoiy sudga mamlakat prezidenti Nikolas Maduro va boshqa yuqori lavozimdagi shaxslarni qo‘lga olish talab qilingan shikoyatni yo‘ladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

Diasga ko‘ra, Maduro insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilinib so‘roqqa tutilishi lozim. U politsiyachilar va harbiylar 2015—2017-yillarda hukumat ko‘rsatmasi bilan 8 mingdan ortiq qotillikni amalga oshirganini da’vo qilmoqda. 

Oldinroq sobiq bosh prokuror Maduroni Braziliyaning Odebrecht qurilish firmasi bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaroga aloqadorlikda ayblagandi. Shundan so‘ng Dias mamlakatni tark etgan, Venesuela prezidenti esa uni xalqaro qidiruvga bergandi. 

Опубликовано: admin (17-11-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют