» » Germaniyaning Landesbank Baden-W?rttemberg banki “Ipak Yo‘li” AITB bilan munosabatlarini mustahkamlamoqda

Germaniyaning Landesbank Baden-W?rttemberg banki “Ipak Yo‘li” AITB bilan munosabatlarini mustahkamlamoqda


2017-yil 15-noyabrda janob Torsten Bazel boshchiligidagi Landesbank Baden-W?rttemberg (LBBW) va “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida tomonlar 5 million AQSh dollari miqdoridagi savdoni moliyalashtirish liniyasini ochish to‘g‘risida ikki tomonlama chegaralangan bitim tuzishga kelishib oldi.

Ushbu liniya asosan ishlab-chiqarish korxonalarining Yevropa mamlakatlaridan texnologik asbob-uskunalar va xomashyoni xarid qilish uchun tashqi savdo bitimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiradi.

Bundan tashqari, Landesbank Baden-W?rttemberg va “Ipak Yo‘li” banki korxonalarning investitsiya loyihalarini 5 yil va undan ortiq muddatga loyihali moliyalashtirish sohasida faol hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro kelishib oldi.

Landesbank Baden-W?rttemberg Germaniyadagi eng yirik banklarning beshtaligiga kirib, yirik korporativ va xususiy mijozlarga xizmatlarini taqdim etadi, xalqaro kapital bozorining faol qatnashchisi, shuningdek, tijorat ko‘chmas mulkini moliyalash, klassik, tizimli moliyalash, balansdan tashqari instrumentlarni moliyalash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston bozorida hamkorlikda taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini intensiv ravishda oshirib borishga kelishib oldilar.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (17-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют