» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Dushanbega aviachiptalar narxini arzonlashtirdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Dushanbega aviachiptalar narxini arzonlashtirdi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent – Dushanbe va Dushanbe – Toshkent yo‘nalishlari uchun aviachiptalar narxi tushirilganini e’lon qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Aviakompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, bir tomonlik chiptaning yakuniy narxi 65 yevroni tashkil etadi. Dushanbe – Toshkent – Dushanbe reysi uchun borish-kelish chiptasi narxi 130 yevroga teng bo‘ladi.

O‘zbekiston hududida aviachipta uchun to‘lov milliy valyutada to‘lov kungi Markaziy bank kursi asosida amalga oshiriladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” haftasining seshanba kunlari A320 samolyotlarida Dushanbega reyslarni amalga oshiradi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 21:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют