» » NATO mashg‘ulotlarida Otaturk va Erdo‘g‘on dushmanlar ro‘yxatiga kiritildi

NATO mashg‘ulotlarida Otaturk va Erdo‘g‘on dushmanlar ro‘yxatiga kiritildi


NATOning Norvegiyadagi mashg‘ulotlari materiallarida Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va ushbu mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on dushmanlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mashg‘ulotlarda 40 nafar turkiyalik harbiy xizmatchi ishtirok etayotgan edi. Ro‘yxat haqida xabar topgan Erdo‘g‘on ularni chaqirib oldi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyadan uzr so‘radi. U bo‘lib o‘tgan voqea uchun javobgar fuqaroviy shaxs ekanligini, u shartnoma asosida Norvegiyadagi mashg‘ulotlar materiallarini tayyorlaganini bildirdi.

Daily Sabah gazetasiga ko‘ra, mashg‘ulotlar chog‘ida texnik xodimlardan biri raqib qo‘shinlarini ko‘rsatishda Otaturk fotosuratidan foydalangan.

Bundan tashqari, kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Norvegiya zobiti NATO ichki tarmog‘ida soxta akkaunt yaratib, Erdo‘g‘on nomidan alyansga qarshi fikrlar yozgan.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 21:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют