» » Tesla elektrda harakatlanadigan yuk mashina va tomi yig‘iladigan sportkarni taqdim etdi

Tesla elektrda harakatlanadigan yuk mashina va tomi yig‘iladigan sportkarni taqdim etdi


Tesla avtomobilsozlik kompaniyasi eletkr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan yuk mashinasining ilk modelini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Meduza. Model Tesla Semi nomini oldi (Semi ingliz tilida “yarim tirkama” degan ma’noni anglatadi).

Yuk mashinasi bir marta to‘liq quvvatlantirilgach, 800 kilometrgacha yo‘l bosa oladi. Atigi yarim soat quvvatlantirilganidan so‘ng esa yana 650 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tishi mumkin. Semi to‘liq yuk ortilgan holatda (unga 36 tonnagacha yuk ortish mumkin) 20 soniya ichida soatiga 100 kilometrlik tezlikka erisha oladi.

https://t.co/oyC84N3vRy pic.twitter.com/4GjA0SRr8n

— Tesla (@Tesla) November 17, 2017

An’anaviy yuk mashinalaridan farqli o‘laroq, Tesla Semi’ning haydovchi o‘rindig‘i kabina o‘rtasida joylashgan. Yuk mashinasi avtopilot tizimi bilan ta’minlangan bo‘lib, u haydovchi ishtirokisiz harakatlanish bo‘lagi bo‘ylab yurishi, bo‘lakka qayta tizilishi va katta yo‘ldan chetga chiqishi mumkin.

View from the cockpit pic.twitter.com/2kBupEXNM5

— Tesla (@Tesla) November 17, 2017

Tesla Semi’ni ishlab chiqarish 2019-yildan boshlanishi kutilmoqda. Yangi yuk mashinasining narxi borasida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Yuk mashinasining taqdimotidan so‘ng Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniyaning yangi yengil mashinasi — Tesla Roadster’ni namoyish etdi. Ushbu to‘liq uzatmali sport avtomobilining shaffof tomi yig‘iladi.

https://t.co/0rBaJNQrum pic.twitter.com/pyoDmOj4XC

— Tesla (@Tesla) November 17, 2017

Mashina 1,9 soniya ichida soatiga 100 kilometrlik tezlikka erishadi, eng yuqori tezligi esa soatiga 400 kilometrni tashkil etadi. Roadster bir marta to‘liq quvvatlantirilganidan so‘ng ming kilometrgacha yo‘l bosa oladi.

Roadster’ning sotuvi 2020-yilda boshlanishi kutilmoqda, modelning eng arzon modifikatsiyasi narxi 200 ming dollardan boshlanadi.

Tesla hozirgi vaqtda uchta yengil mashina ishlab chiqarmoqda. Bular — Model S xetchbeki, Model 3 sedani va Model X krossoveri. Kompaniya o‘z avtomobillarini tezkor quvvatlantirish uchun Supercharger nomli o‘z stansiyalari tarmog‘ini ham tashkil etgan bo‘lib, hozirda bunday shoxobchalar soni jahon bo‘yicha 7 mingdan ziyod.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 21:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют