» » Mirziyoyevning Sergeliga tashrifi, Toshkent uzra bayroqli vertolyot, test sinovlarining yangi tartibi va kunning boshqa muhim xabarlari

Mirziyoyevning Sergeliga tashrifi, Toshkent uzra bayroqli vertolyot, test sinovlarining yangi tartibi va kunning boshqa muhim xabarlari


17-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev 22–25-noyabr kunlari Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Tashrif Janubiy Koreya prezidenti taklifiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

2. Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. U yangi massivdagi maktab, bog‘cha, poliklinika, ichki ishlar idorasi, suzish havzasi va boshqa joylarni ham ko‘zdan kechirdi.

3. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri: To‘rt yoshli qizchasini ayovsiz kaltaklagan bu odam shunday qusurlari uchun ishdan haydalgan. 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan shaxs otalik huquqidan mahrum etilgan.

4. 2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda madaniyat, san’at va sport sohasidagi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi.

5. 18-noyabr kuni Toshkent uzra harbiy vertolyotlarda O‘zbekiston bayrog‘i olib o‘tiladi. Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr — O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 22:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют