» » Ozarbayjon prezidenti O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonovni qabul qildi

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonovni qabul qildi


17-noyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonovni qabul qildi. Bu haqda APA agentligi ma’lum qildi.

Uchrashuv chog‘ida A. Sultonov O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi bilan o‘tkazgan uchrashuvlarini iliqlik bilan eslashini hamda I. Aliyev xalqining buyuk farzandi ekanini ta’kidlashini bildirdi.

U O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish zarurligini aytishini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, davlat rahbari Ozarbayjon prezidentining tashrifini sabrsizlik bilan kutmoqda hamda tashrif samarali o‘tishi uchun zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, A. Sultonov yaqinda foydalanishga topshirilgan Boku – Tbilisi – Kars temir yo‘lining mintaqa uchun ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, Ilhom Aliyev Alisher Sultonovga iliq so‘zlar uchun minnatdorlik bildirdi. U O‘zbekiston rahbari bilan uchrashuvlaridan qoniqish hosil qilganini ta’kidlab o‘tdi.

Prezident ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari umumiy tarix, madaniyat va til omillariga asoslanishini aytdi.

Siyosiy aloqalar darajasi haqida gapirar ekan, Ilhom Aliyev davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda xalqaro strukturalardagi o‘zaro yordamni qayd qilib o‘tdi. Nihoyat, u tovar aylanmasi, energetika, transport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish lozimligini bildirdi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 22:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют