» » O‘zbekistonliklar mamlakatga tahdid soluvchi uch asosiy omilni aniqladi

O‘zbekistonliklar mamlakatga tahdid soluvchi uch asosiy omilni aniqladi


“Ijtimoiy fikr” markazi so‘rov o‘tkazib, uning yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston oldidagi uch asosiy tahdidni aniqladi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.

So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolar asosiy tahdid sifatida diniy ekstremizmni ko‘radi — 64.1 foiz respondentlar shunday fikrda. Diniy ekstremizm bilan bog‘liq xavotir ayniqsa Farg‘ona (86.7 foiz) va Namangan (78.7 foiz) aholisida kuchli.

So‘rovda ishtirok etganlarning 56.2 foizi ikkinchi asosiy tahdid deb ijtimoiy sohadagi muammolarni — ishsizlik, qimmatchilik va past turmush darajasini aytdi. Respondentlarning 35.9 foizi asosiy muammolar qatorida jinoyatchilik va narkomaniya tarqalishini aytib o‘tdi.

So‘rov O‘zbekistonning 12 viloyatida hamda Qoraqalpog‘iston va Toshkentda o‘tkazildi. Unda jami ming kishi ishtirok etdi, shularning 41 foizi erkaklar, 59 foizi ayollardir.

So‘rovda turli yosh kategoriyasi vakillari qatnashdi. Eng quyi yosh ko‘rsatkichi — 18 yosh.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 22:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют