» » La Ligada 12-tur start oldi. Bugun Madrid derbisida “Real” “Atletiko” mehmoni bo‘ladi

La Ligada 12-tur start oldi. Bugun Madrid derbisida “Real” “Atletiko” mehmoni bo‘ladi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 12-turi “Jirona” — “Real Sosyedad” o‘yini bilan start oldi. Bungacha jamoalar FIFA kunlari sabab kichik tanaffusda bo‘lgandi.

Bellashuvda g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. “Qirollik klubi” bo‘lmish “Real”ni taslim qilgani bilan yodda qolgan va “Atletiko”ni 2 ochkodan mahrum qilgan “Jirona” San-Sebastyan klubiga qarshi bellashuvda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Mana shu “Jirona”ni mag‘lub eta olmagan poytaxtning ikki yetakchi klubi bugun — 18-noyabr tunida o‘zaro maydonga tushadi. Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladigan o‘yinga Vanda Metropolitano stadioni mezbonlik qiladi.

Ispaniya La Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qiluvchi UzReport va Futbol-TV telekanallari mazkur turdan joy olgan 4 ta uchrashuvni jonli namoyish qiladi.

Ispaniya La Ligasi

12-tur bellashuvlari

17-noyabr, juma

Gollar: Villian, 7 (0:1). Kristian Stuani, 64 (1:1).

18-noyabr, shanba

“Xetafe” — “Alaves” — 17:00

“Leganes” — “Barselona” — 20:15 Futbol-TV

“Sevilya” — “Selta” — 22:30

“Atletiko” — “Real Madrid” — 00:45 UzReport

19-noyabr, yakshanba

“Malaga” — “Deportivo” — 16:00

“Espanyol” — “Valensiya” — 20:15 Futbol-TV

“Las-Palmas” — “Levante” — 22:30

“Atletik” — “Vilyarreal” — 00:45 Futbol-TV

20-noyabr, dushanba

“Eybar” — “Betis” — 01:00

Опубликовано: admin (18-11-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют