» » O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Irsoil elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Irsoil elchisi bilan uchrashdi


2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Eduard Shapira bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Adliya vaziri Eduard Shapirani elchi lavozimiga tayinlangani bilan qutlab, O‘zbekiston Isroil bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston tomoni qayd etganidek, Adliya vazirligi Isroil bilan turizmni rivojlantirish, uning hududida O‘zbekiston turistik mahsulotini ilgari surish, Isroildan sayyohlar oqimini jalb qilish masalalarida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash borasida mas’ul hisoblanadi.

Shu bois, Ruslanbek Davletov mehmonga O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirish, mamlakat obro‘-e’tiborini xalqaro maydonda mustahkamlash borasidagi siyosati, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosi va turistik-rekreatsion salohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, elchi Eduard Shapira Ruslanbek Davletovga ushbu uchrashuvni tashkil etgani uchun minnatdorchilik izhor etdi va O‘zbekiston — Isroil o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlanishiga umid bildirdi.

Vazir ta’kidlaganidek, O‘zbekiston tomoni idora vakolatiga kiruvchi barcha sohalarda muloqot va hamkorlik uchun ochiqdir.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqot ishchanlik va samimiy ruhda o‘tganligini qayd etdi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют