» » Berluskonining sobiq rafiqasiga aliment sifatida to‘langan 60 million yevroni qaytarish majburiyati qo‘yildi

Berluskonining sobiq rafiqasiga aliment sifatida to‘langan 60 million yevroni qaytarish majburiyati qo‘yildi


Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining sobiq rafiqasi va uch nafar farzandining onasi Veronika Lario sud qaroriga binoan Berluskonidan aliment sifatida olgan 60 million yevroni qaytaradigan bo‘ldi, deb xabar berdi Meduza.

Shuningdek, sud Berluskonidan sobiq rafiqasiga har oyda to‘lanadigan 1,4 million yevro aliment majburiyatini ham olib tashladi.

Berluskoni advokatlarining ta’kidlashicha, Veronika Lario sobiq turmush o‘rtog‘ining pullariga muhtoj emas, chunki o‘zining 16 million yevro boyligi mavjud — ushbu pullar banklarda, qimmatbaho buyumlar va ko‘chmas mulk sohasidagi biznesida aylanadi.

Silvio Berluskoni va Veronika Lario 1990-yilda turmush qurgan. 2009-yilda Veronika turmush o‘rtog‘ini xiyonatda ayblab ajrashish da’vosini bergan. 2012-yilda sud Berluskoni sobiq xotiniga har oyda 3 million yevro to‘lashi bo‘yicha qaror chiqargan. Keyingi yilda esa ushbu mablag‘ 1,4 milllion yevroga tushirilgan edi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют