» » Rossiyaning Komandor orollarida Steller dengiz sigirining deyarli butun skeleti topildi

Rossiyaning Komandor orollarida Steller dengiz sigirining deyarli butun skeleti topildi


Komandor orollarida so‘nggi 40 yil ichida ilk marta qirilib ketgan Steller dengiz sigirining skeleti topildi, deb xabar beradi “TASS”.

Mazkur skelet Kamchatkaning Nikolskoye Aleutskiy qishlog‘ida joylashgan Komandor qo‘riqxonasi sayyohlik markazining asosiy eksponatiga aylanadi.

Noyob topilma qo‘riqxona ilmiy xodimi tomonidan aniqlandi.

“Qo‘riqxona ilmiy xodimi Marina Shitova orol sohillarida o‘tkazgan navbatdagi tekshiruv ishlarida qirilib ketgan Steller dengiz sigirining skeletini topdi. U dengiz shag‘ali va qumning ostida 70 santimetr chuqurlikda ko‘milib yotgan edi. Dengiz sigirining butun skeleti bundan avval 1987-yilda Bering orolida topilgan edi. Hozir topilgan skelet qo‘riqxona sayyohlik markazining asosiy eksponatiga aylanadi”, — deyiladi xabarda.

Skeletning umumiy uzunligi 5,2 metrni tashkil etdi, biroq yetishmayotgan qismlar uzunligini ham inobatga olgan holda jonivorning uzunligi olti metr bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

“Steller dengiz sigiri skeletining topilishi juda muhim hodisa. Ma’lumki, uning barcha butun skeletlari XIX asrda topilgan. Qo‘riqxonada hozirgacha dengiz sigirining skeleti yo‘q edi”, — deyiladi xabarda.

1741-yilda Komandor orollari kashf qilingan paytda Steller dengiz sigiri faqat mazkur hududda saqlanib qolganligi aniqlangan.  Yirik jonivorning uzunligi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 10 metr, og‘irligi esa besh tonnani tashkil etgan. Hayvonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va tasvirlab bergan yagona tadqiqotchi nemis shifokori Georg Steller bo‘lgan. Komandorda Steller dengiz sigiri topilganidan keyin 27 yil o‘tgach, bu turdagi hayvonlar qirilib ketgan.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют