» » Saudiya Arabistoni Germaniyadagi elchisini chaqirib oldi

Saudiya Arabistoni Germaniyadagi elchisini chaqirib oldi


Saudiya Arabistoni Germaniyadagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Bu Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielning mamlakatga taalluqli bayonoti bilan bog‘liq ekanligi bildirilmoqda.

Ar-Riyod Gabrielning so‘zlarini Germaniya hukumati nuqtai nazari sifatida ko‘rmasligi ta’kidlanmoqda. Shunday bo‘lsa ham, Saudiyadagi Germaniya elchisiga norozilik notasi topshiriladi.

Frankfurter Allgemeine nashriga ko‘ra, Gabriel Livan tashqi ishlar vaziri Jabron Bassil bilan Berlindagi qo‘shma matbuot anjumanida Livan sobiq bosh vaziri Sa’d Xaririy Saudiya Arabistonida o‘z ixtiyoriga zid ravishda, kuch bilan tutib turilmasligi lozimligini aytib o‘tgandi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют