» » OFK qit’aning 2017-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar 3 futbolchi nomini e’lon qildi

OFK qit’aning 2017-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar 3 futbolchi nomini e’lon qildi


2016-yil Osiyo qit’asining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Umar Abdulrahmon, 2017-yilda ham shu sovrinni o‘ziniki qilish uchun harakat qiladi. OFK “Al-Ayn” va Amirlik termasi yetakchisini da’vogarlar ro‘yxatiga kiritdi.

29-noyabr kuni OFK Tailand poytaxtida o‘tadigan marosimda qit’aning eng yaxshilarini aniqlab beradi. Yilning eng zo‘r futbolchisi bo‘lish uchun uch da’vogar nomi ma’lum. Umar Abdulrahmondan tashqari, “Shanxay SIPG” va Xitoy termasi a’zosi Vu Ley, shuningdek, “Al-Hilol” hamda Suriya termasi yetakchisi Umar Xarbin bosh sovrin uchun raqobatda bo‘ladi.

“Shanxay SIPG” Xitoy Ligasida vitse-chempion bo‘lishdan tashqari, Chempionlar Ligasining yarim finaliga qadar yetib keldi. Bunda Vu Ley Oskar, Odil Ahmedov, Xalk, Elkesen kabi legioner fonida yo‘qolib qolmadi va jamoasining haqiqiy yetakchilaridan biriga aylana oldi.

Xarbin esa “Al-Hilol” muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi. Ar-Riyod klubining Chempionlar Ligasi finaliga chiqishida Xarbinning yarim finallarda umumiy 5 ta gol urgani muhim o‘rin tutdi. U, shuningdek, Suriya termasining mardonavor yurishida ham xizmat ko‘rsatdi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют