» » Qashqadaryoning qishda “qamalda qoladigan” qishloqlariga ikki oylik zaxira gaz ballonlari yetkazib berildi

Qashqadaryoning qishda “qamalda qoladigan” qishloqlariga ikki oylik zaxira gaz ballonlari yetkazib berildi


Qashqadaryo viloyatida jami 717 ming 325 oila mavjud bo‘lib, ularning 545 ming 364 tasi suyultirilgan gazdan foydalanadi. O‘zA xabariga ko‘ra, aholiga turli rusumdagi 128 maxsus avtomashinada suyultirilgan gaz yetkazilmoqda. Qo‘shimcha yana oltita Isuzu avtomashinasini olishga ehtiyoj mavjud.

Respublika ishchi guruhining tezkor o‘rganishlari natijasida Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi va Dehqonobod tumanlarining tog‘li, qor yoqqanda mashina o‘ta olmaydigan 33 qishlog‘idagi 24 ming aholiga dekabr va yanvar oylari uchun 2 oylik zaxira gaz ballonlari yetkazib berish zarurligi aniqlandi.

Shu maqsadda Buxorodan qo‘shimcha 5 mingta gaz balloni olib kelindi. Tog‘li hududlarga zaxira gaz ballonlari yetkazib berildi.

Suyultirilgan har bir gaz balloni narxi 6 ming 552 so‘m. Ijtimoiy yordamga muhtoj, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga gaz plitasi va gaz balloni bepul berildi.

Tuman markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan Sumak qishlog‘ining qish mavsumida markaz bilan aloqasi uzilib qoladi.

Buni hisobga olgan tuman gaz idorasi mas’ullari xonadonlarning deyarli barchasiga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatdi. Ularga ikki oylik zaxira gaz ballonlari tarqatildi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют