» » AQShda KXDRning raketa hujumiga qarshi ikkita eksperimental strategiya ishlab chiqildi

AQShda KXDRning raketa hujumiga qarshi ikkita eksperimental strategiya ishlab chiqildi


Oq uy Shimoliy Koreyaning Amerika hududiga uyushtirish mumkin bo‘lgan ehtimoliy raketa hujumiga qarshi ikkita eksperimental strategiyani ishlab chiqdi. Bu haqda, The New York Times’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ulardan birinchisi KXDRning ballistik raketalarini ishga tushirish tizimlariga kiber-hujumlar hamda uchirishning oldini oluchi “sabotajning boshqa usullarini” tashkillashtirishni nazarda tutadi.

Ikkinchi strategiya esa raketalar “tezlanish fazasi”dan o‘tayotganida ularni bevosita urib tushirishni taklif etadi.

Uchirilgan ballistik raketalar ancha sezilarli va oson nishonga aylanadi. Ularni urib tushirish uchun AQSh hukumati qiruvchi samolyotlar hamda uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarni taklif etmoqda.

Biroq ular o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmasa, so‘nggi umid — to‘xtatuvchi-raketalar bo‘ladi, xolos. Xabar berishlaricha, Oq uy ushbu strategiyalarini amalga oshirish uchun Kongressdan 4 milliard dollar ajratishni so‘radi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют