» » Qashqadaryo aholisining qishki ehtiyoji uchun zarur ko‘mirning 75 foizi yetkazib berildi

Qashqadaryo aholisining qishki ehtiyoji uchun zarur ko‘mirning 75 foizi yetkazib berildi


Qishni betalafot o‘tkazish uchun Qashqadaryo viloyatida 53,9 ming tonna ko‘mirga ehtiyoj mavjud bo‘lib, ayni paytda bu ehtiyojning o‘rtacha 75 foizi qoplangan, deya xabar bermoqda O‘zA.

Xabar berishlaricha, Respublika ishchi guruhining 14—16-noyabrdagi o‘rganishlari jarayonida ikki kunda Angrendan 44 vagonda 3 ming 36 tonna qo‘shimcha ko‘mir olib kelingan.

Qarshi shahridagi ko‘mir tarqatish shoxobchasida aholiga ko‘mir tarqatish davom etmoqda. Bir tonna ko‘mir – 156 ming 600 so‘m, shu miqdordagi ko‘mir briketi 238 ming so‘mdan istalgan to‘lov turida sotilmoqda.

Viloyatda ijtimoiy soha obyektlari va aholiga ko‘mir yetkazib berishni ta’minlash maqsadida 8 ta ko‘mir tarqatish shoxobchasi va 6 ta ko‘mir briketi ishlab chiqaradigan sex faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunga qadar viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlariga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha belgilangan reja to‘liq bajarildi.

Aholiga esa, ko‘mir mahsulotini ehtiyojga qarab peshma-pesh yetkazib bermoqdamiz. Bu yil aholi xonadonlariga ko‘mir yetkazib berishda hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Xurshid Nuraliyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Temiryo‘lyonilg‘ita’min” boshqarmasi Qarshi birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi rahbari

Опубликовано: admin (18-11-2017, 21:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют