» » AC/DC guruhi asoschilaridan biri Malkolm Yang vafot etdi

AC/DC guruhi asoschilaridan biri Malkolm Yang vafot etdi


Avstraliyaning AC/DC musiqiy guruhi asoschilaridan biri Malkolm Yang 64 yoshida vafot etdi. Bu haqdagi xabar guruhning Facebook’dagi sahifasida paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Malkolm Yang guruhni 2014-yili, demensiya xastaligi sabab tark etgan edi.

AC/DC guruhiga 1973-yili aka-uka Malkolm va Agnus Yanglar asos solgan. Guruh tarixdagi eng mashhur xard-rok jamoalaridan biriga aylangan; guruhning 1980-yilgi Back in Black albomi tarixdagi eng ko‘p sotilgan plastinkalardan biri hisoblanadi.

2017-yil holatiga ko‘ra, AC/DC’ning ilk yillardan a’zosi bo‘lgan mashshoqlardan faqat asoschilardan biri — Agnus Yang qolmoqda.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют