» » AQSh Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalar uchun salkam 680 mlrd dollar sarfladi

AQSh Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalar uchun salkam 680 mlrd dollar sarfladi


AQSh Afg‘onistonda 2001-yili boshlagan harbiy kampaniyasi uchun 679,8 milliard dollar sarflagan. Bu haqda, Pentagon bosh nazoratchisi vazifasini bajaruvchi Glenn Faynga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

AQSh Mudofaa vazirligining mamlakat Kongressi tomonidan tasdiqlangan 2018-yilgi budjetida harbiy operatsiyalar uchun qo‘shimcha 64,6 milliard dollar ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘ning 45,9 milliardi Afg‘oniston yo‘nalishida sarflanadi.

7-noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonning 2018-yilgi budjetiga tuzatishlar kiritish iltimosi bilan kongressmenlarga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Tramp KXDRga qarshi mudofaa raketa tizimlarini mustahkamlash uchun qo‘shimcha 4 milliard, Afg‘onistondagi harbiylarni ko‘paytirish uchun 1,2 milliard va AQSh harbiy kemalari ta’miri uchun 0,7 milliard ajratishni taklif qilgan.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют